O?zbekistonliklar qilgan eng ko?p sayohat Markaziy Osiyo mamlakatlari hissasiga to?g?ri keldi

27.11.2022 21:52

TOSHKENT, 27-noyabr. /“Dunyo” AA/. Joriy yil 1-noyabr holatiga ko‘ra, 4,4 million O‘zbekiston fuqarosi sayyohlik maqsadida xorijga safar qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlarida qayd etilishicha, o‘zbeklar eng ko‘p sayohat qiladigan besh mamlakat Qirg‘iziston (2151,8 ming kishi), Qozog‘iston (870 ming nafar), Tojikiston (615,2 ming nafar), Turkiya (264 ming nafar) va Rossiya (210,3 ming kishi) bo‘ldi.

Ro‘yxatdagi keyingi o‘rinlarni BAA (98 ming kishi), Saudiya Arabistoni (54,7 ming), Misr (31,9 ming), Janubiy Koreya (19,2 ming), AQSH (13,9 ming), Hindiston (8,5 ming) va Gruziya (7,8 ming kishi) tashkil etadi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net