O?ZBEKISTON HUDUDLARIDA SAYYOHLAR UCHUN MO?LJALLANGAN TURAR-JOYLARDAN FOYDALANISHGA OID MA'LUMOTLAR E'LON QILINDI

17.01.2020 11:22

TOShKENT, 17 yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yildagi faoliyati yakunlari to‘g‘risidagi hisobоtida O‘zbekiston hududlari kesimida turar-joy binolaridan foydalanish darajasi haqidagi ma'lumotlar e'lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 

Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, Buxoro viloyatidagi mehmonxonalar, hostellar va shu kabi inshootlarda mavjud o‘rinlar yil davomida xorijiy va mahalliy sayyohlar tomonidan o‘rtacha hisobda 96,6 foizga band qilingan. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Toshkent shahri (85,7 foiz) ikkinchi va Samarqand viloyati (82,3 foiz) uchinchi o‘rinlarni egallagan.

 

Namangan viloyati esa 40,6 foiz bilan hududlar ichida eng quyi natijani ko‘rsatgan.

Hududlar kesimida yil mobaynida turar-joylarning band qilinganligi darajasi

 

Shuningdek, sayyohlarning yilning qaysi oyida eng ko‘p joy buyurtma qilgani ham ma'lum qilindi. Mart va avgust oylari xorijiy sayyohlarning mamlakatimizga tashrifi eng ko‘p amalga oshiriladigan mavsum hisoblanadi.

Oylar kesimida turar-joylarning band qilinganligi darajasi

2019 yil yakunlariga ko‘ra, mamlakatdagi sayyohlik turar-joylari umumiy soni 1 188 birlikka yetgan bo‘lib, ulardan 833 tasi mehmonxona, 214 tasi hostel va 141 tasi boshqa turar-joy ob'ektlarini tashkil qilgan.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net