O?ZBEKISTON DELEGATSIYASI "FITUR-2020" XALQARO SAYYOHLIK KO?RGAZMASIDA ISHTIROK ETMOQDA

23.01.2020 10:57

MADRID, 23 yanvar. /«Dunyo» AA/. Madridda «FITUR-2020» 40-xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, qator sayyohlik kompaniyalari  vakillaridan iborat mamlakatimiz delegatsiyasi ishtirok etmoqda, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

«FITUR-2020» yil boshida o‘tkaziladigan birinchi yirik turistik xalqaro tadbirdir. Unda turizm sanoatining barcha tuzilmalari mutaxassislari - turoperatorlar, sayyohlik agentliklari, mehmonxonalar, transport tizimi, xizmat ko‘rsatish kompaniyalari ishtirok etmoqda.

Mamlakatimiz  delegatsiyasi ko‘rgazma doirasida Ispaniya sayyohlik kompaniyalari, reklama agentliklari, aviakompaniyalar, mehmonxona tarmoilari, investorlar bilan “B2B” shaklidagi muzokaralar o‘tkazadi.

Tadbir asnosida O‘zbekistonning Madriddagi elchixonasi tomonidan Ispaniya va Lotin Amerikasi turizm jurnalistlari uyushmasi bilan hamkorlikda “Buyuk ipak yo‘lidagi O‘zbekiston” mavzuida taqdimot, shuningdek, ispaniyalik jurnalistlar uchun matbuot anjumani tashkil etiladi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net