OSIYOGA ENG YAXSHI SAYOHATLAR RO?YXATIDA IKKINCHI O?RIN

17.07.2018 22:11

Sayohatlar olamida yetakchi sanalmish Lonely Planet nashri “Osiyoda sayohat qilish uchun eng yaxshi joylar”navbatdagi reytingini e’lon qildi.

O‘zbekiston bu ro‘yxatga ilk bor kirishiga qaramay, Tailand, Hindiston, Yaponiya, Nepal, Shri-Lanka, Xitoy, Indoneziya kabi turizm gigantlarini ortda qoldirib, Janubiy Koreyadan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi. 

Ixtisoslashgan jurnal ta’kidlashicha, O‘zbekiston “o‘zining ajoyib mozaika masjidlari va Buyuk ipak yo‘li afsonalari bilan uzoq vaqt sayohatchilar tasavvuriga kuchli ta’sir ko‘rsatib kelgan. Biroq respublika yaqin kunlarga qadar yetarli darajada dunyoda mashhur emas edi”. 

Lonely Planet mamlakatda hordiq chiqarish va sayyohlik uchun yaratilgan sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan hozirgi jadal rivojlanishni yuqori baholaydi. “O‘zbekiston ushbu sohada vizasiz sayohat va elektron vizalarni joriy etish borasida dadil odimlar, yangi havo yo‘nalishlari, yuqori tezlikdagi temir yo‘l tarmog‘ining rivojlanishi, Markaziy Osiyodagi me’morchilik marvaridlaridan bahramand bo‘lish kabilarni ta’minlab, ulkan yutuqlarga erishdi”. 

Lonely Planet sayyohlik olamida eng birinchi va nufuzli nashriyotlardan biridir. U 1972 yilda tashkil etilgan va bugungi kunda 300ga yaqin muallifga ega. Qarorgohi Melburnda (Avstraliya) joylashgan.

 

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net