Mo?ynoqda «Orol baliqlaridan 99 tur taomlar» festivali o?tkazildi

30.09.2022 01:55

TOSHKENT, 30-sentyabr. /“Dunyo” AA/. Kecha Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida «Orol baliqlaridan 99 tur taomlar» gastronomik festivali o‘tkazildi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.

Turizm va madaniy meros vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, ushbu festival 2018 yildan beri o‘tkazib kelinmoqda. Maqsad – Qoraqalpog‘istonda, xususan Mo‘ynoq tumanida o‘ziga xos bo‘lgan gastronomik turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish, hududda madaniy va ko‘ngilochar tadbirlar sonini ko‘paytirish va bu orqali mahalliy va xorijiy turistlarning sonini yana-da ko‘paytirishdan iborat.

Tadbir davomida mahalliy oshpazlarning baliq taomlarini tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari tashkil etildi. Shuningdek, oshpazlar o‘rtasida o‘zaro bellashuv bo‘lib o‘tdi. Baliqdan tayyorlangan 120 ga yaqin taomlar ishtirokchilar va hakamlar eʼtiboriga havola etildi.

-Biz festival uchun 99 turdagi taomni tayyorladik, - dedi Ellikqalʼa tumanidan kelgan bosh oshpaz Elyor Atajanov. - Baliqdan tayyorlangan taomlar xorijlik turistlarga ham maʼqul keldi. Ular bitta baliqdan shuncha taom tayyorlash mumkinligini ko‘rib, hayron qoldi.

Festival davomida taomlar taqdimotidan tashqari mahalliy hunarmandlar tayyorlagan mahsulotlar ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Shuningdek, milliy estrada va folklor ijrochilari, milliy raqs ansambli tomonidan konsert dasturi va boshqa ko‘ngilochar tadbirlar taqdim etildi.

«Orol baliqlaridan 99 tur taomlar» gastronomik festivali yakunlariga ko‘ra 1-o‘rinni Beruniy tumani, 2-o‘rinni Qo‘ng‘irot tumani, 3-o‘rinni esa Amudaryo tumani vakillari egalladi. G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net