MALAYZIYANING YETAKCHI TELEKANALIDA O?ZBEKISTON HAQIDA MAXSUS DASTUR NAMOYISH ETILDI

27.07.2018 22:08

Yaqinda Malayziyadagi “TV ALHIJRAH” davlat telekanalining “Assalamualaikum” ertalabki dasturi lavhalaridan birida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati va ziyorat turizmi imkoniyatlari namoyish etildi.

Ta’kidlash joizki, mazkur telekanal Malayziya va xorijiy mamlakatlarda islom madaniyati va qadriyatlarini olg‘a surish, muqaddas dinimizning haqiqiy timsolini targ‘ib qilish bilan shug‘ullanadi. “TV ALHIJRAH” HD formatda efirga uzatiladi, “Assalamualaikum” dasturi esa Malayziyada eng ommabop ertalabki tok-shou hisoblanadi.

O‘zbekiston haqidagi videolavha teletomoshabinlarni mamlakatimizning tarixiy-madaniy merosi, Samarqand, Buxoro, Xiva va boshqa ko‘hna shaharlarimizning diqqatga sazovor joylari bilan yaqindan tanishtirdi. Unda, shuningdek, buyuk olim va mutafakkirlar, shu jumladan, imom Buxoriy, Termiziy, Farg‘oniy, Moturidiy, Bahouddin Naqshbandlarning islom madaniyati va ilm-fani rivojiga qo‘shgan hissalari bayon qilingan.

Alohida videolavhalar orqali tomoshabinlar O‘zbekistonning turli hududlari imkoniyatlari hamda milliy taomlar haqida ham bilib oldilar.

Maxsus reportaj mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Bugungi kunda Malayziyaning hattoki eng olis hududlari, jumladan, Manukan, Sapi (Sabax shtati), Redang va Perxentian (Trengganu shtati) orollarida ham odamlar mamlakatimiz haqida ma’lumotga ega. Yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonga kelgan malayziyalik sayyohlar soni 37,7% ga ortganini namoyish etgan statistika ma’lumotlari buning yorqin dalili bo‘la oladi. Shu o‘rinda, iyun oyining o‘zida 2,6 barobarga oshgani ham quvonarli xabar.

“TV ALHIJRAH” dastur muvaffaqiyati va malayziyaliklarning O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishlari ortayotganini hisobga olgan holda o‘z kanali orqali efirga uzatish uchun mamlakatimizga ziyorat turizmi imkoniyatlari haqida qator ko‘rsatuv va videolavhalar tayyorlash maqsadida tasvirga olish guruhlarini yuborishni rejalashtirmoqda.

 

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net