Ichki sayohatlarni amalga oshirgan O?zbekiston fuqarolariga xarajatlarining bir qismi qaytarib beriladi

22.08.2022 16:58

Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Soliq qo‘mitasi hamkorligida "Sayohat uchun keshbek" platformasi ishlab chiqildi. Bu orqali ichki sayohatlarni amalga oshirganlarga xarajatlarining bir qismi qaytarib beriladi.

Mazkur tizimga ko‘ra, joriy yil 1 sentyabrdan boshlab "O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!" dasturi doirasida "Sayohat qil va keshbek ishla" shiori asosida respublika hududlari bo‘ylab ichki sayohatlarni amalga oshirgan O‘zbekiston fuqarolariga xarajatlarining bir qismi qaytarib beriladi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, "Sayohat uchun keshbek" platformasi bilan ishlash uchun  Soliq.uz mobil ilovasini yuklab olasiz va mobil ilova xizmatidan foydalanish uchun FaceID orqali shaxsingizni tizimda tasdiqlaysiz.

Sayohat yo‘nalishini va boshlanish sanasini tanlaysiz. Keshbeklarni yig‘ish uchun fiskal cheklarni skanerlash orqali avia, temir yo‘l yoki avtobus biletlarini ilovaga kiritasiz. Shuningdek, maroqli sayohatdan so‘ng "Sayohatni tugatish" tugmasini bosasiz va yig‘ilgan keshbek summalarini shaxsiy mahalliy bank plastik kartasiga o‘tkazasiz.

Keshbek tizimi Davlat soliq qo‘mitasining maxsus mobil ilovasi (Soliq.uz) bilan integratsiya qilingan bo‘lib, xarajatlar haqqoniyligi mobil ilova yordamida tekshirilib, xarid chekining matritsali shtrix kodini (QR-kod) hamda mahalliy turistlarning doimiy yashash joylarini ko‘rsatish orqali sayohatlar ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Sayohat xarajatlarini qaytarish sayohat qilish davomida bir vaqtning o‘zida avia, temir yo‘l va avtobusdan foydalanish, joylashtirish vositalari xizmatlaridan foydalanish, madaniyat tashkilotlariga tashrif buyurish nazarda tutilganda amalga oshiriladi.

Sayohat xarajatlarini qaytarish har bir turistga quyidagi miqdorlarda amalga oshiriladi. Xususan, aviaqatnov orqali borib-kelish chiptasi narxining 15 foizi, lekin 150 ming so‘mdan oshmagan miqdorda. Temir yo‘lda yoki avtobusda borib-kelish chiptasi narxining 15 foizi, lekin 80 ming so‘mdan oshmagan miqdorda, joylashtirish vositasida tunab qolish xarajatining 15 foizi, lekin 80 ming so‘mdan oshmagan miqdorda, teatr, muzey, sirk va badiiy galereyalarga har bir tashrif chiptasi narxining 50 foizi, lekin 20 ming so‘mdan oshmagan miqdorda amalga oshiriladi.

Sayohat xarajatlari faqatgina platforma orqali amalga oshirilgan ichki sayohatlar uchun uning yakuni bilan mahalliy turistlarning bank kartalariga qaytariladi.

Sh.Mamaturopova, O‘zA

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net