HINDISTON TURIZM KOMPANIYALARI O?ZBEKISTONDA JORIY QILINGAN “E-VISA” TIZIMINI OLQISHLAMOQDA

31.07.2018 22:04

Dehlida  mamlakatimizning Hindistondagi elchixonasi tomonidan O‘zbekistonda sayyohlik vizalarini olish bo‘yicha yengillashtirilgan yangi tartib va vizasiz tranzit rejimi joriy qilinishiga bag‘ishlangan brifing tashkil etildi.

Unda “Cox & Kings”, “Anchor Destinations”, “Samaara Travels”, “Carnation Holidays”, “Experiential Travel Journeys”, “Holiday Merchants” kabi Hindistonning ko‘plab yetakchi turizm kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda “e-visa” elektron kirish vizalarini berish va “e-mehmon” onlayn rasmiylashtirish tizimlari, shuningdek, besh kunlik vizasiz tranzit rejimi tartiblari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shu o‘rinda, tadbir chog‘ida yurtimiz sayyohlik salohiyati taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimizning tarixiy-madaniy merosi va diqqatga sazovor joylari ishtirokchilar e’tiboriga havola qilindi.

Yaqinda Dehlida chop etilgan “Uzbekistan Travel Guide Book” suratlar bilan bezatilgan hamda sayyohlar uchun barcha zarur va dolzarb ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan qo‘llanma hindistonlik soha vakillarida alohida qiziqish uyg‘otdi.

Tadbir yakuni bo‘yicha ishtirokchilar O‘zbekistonda turizm yo‘nalishida yuz berayotgan o‘zgarishlar xususida o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

 

Jumladan, “Experiential Travel Journeys” kompaniyasi direktori Amit Kalsi shunday dedi: 

- Kompaniyamiz to‘rt yildan buyon Hindistondan O‘zbekistonga sayyohlarni yuborish bilan shug‘ullanadi. Mamlakatga kelayotgan turistlar oqimini ko‘paytirish uchun sayyohlik infratuzilmalarini yaxshilashga alohida e’tibor qaratish zarur. Kompaniyamiz yurtingizning sayyohlik brendini Hindistonda olg‘a surishga har doim tayyor.

 

Welgrow Travels” kompaniyasi direktori Radxika Kxanijo: 

- O‘zbekiston dam olish uchun ommabop mamlakatga aylanmoqda. Biz viza olish bo‘yicha ochilgan yangi xizmatlar haqidagi xabarlarni eshitib xursand bo‘ldik. 15 iyuldan e’tiboran hindistonlik sayyohlar elektron viza orqali mamlakatingizga borishni boshladi. Bu, shubhasiz, turistlar oqimini ko‘paytirishga xizmat qiladi.

 

“Nijhawan Group” kompaniyasi direktori Ankush Nijxavan

- “Nijhawan Group” Hindistondagi yirik turizm kompaniyalaridan biri sifatida sayyohlarga dam olish uchun turli yo‘nalishlarni ko‘rsatadi.

Bugungi tadbir chog‘ida mamlakatimizning ko‘plab yetakchi turizm kompaniyalari vakillari O‘zbekistonda viza olish tizimini yengillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida eshitib, bag‘oyat xursand bo‘ldi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net