GERMANIYANING ZILS SHAHARCHASI JAMOATCHILIGI O?ZBEKISTON BILAN TANISHMOQDA

31.10.2018 21:59

O‘zbekiston tarixi, madaniyati va zamonaviy rivojlanishi bilan nemis jamoatchiligini keng tanishtirish, yurtimiz turistik salohiyatini namoyish etish hamda Hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarni jahon hamjamiyatiga yetkazish doirasida Germaniyaning Reynland-Pfals federal yeridagi Zils shaharchasida axborot-madaniy kechasi o‘tkazildi.

Zils fuqarolar kengashi hamda 2017 yilda O‘zbekistonda sayyoh sifatida bo‘lib qaytgan Yeva va Markus Albertlar bilan birgalikda tashkil etilgan tadbirda shaharchaning siyosiy, ijtimoiy va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Axborot-madaniy kechasi avvalida ishtirokchilar yurtimizda yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlar, olib borilayotgan islohotlar va xorijiy sayyohlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi.

Turli rasm va videolavhalardan iborat prezentatsiya namoyishi davomida esa mamlakatimizning boy madaniy me’rosi, tarixiy-arxitektura obidalari hamda “Ming bir kecha” va “Buyuk ipak yo‘li” afsonalarida ifodalangan betakror shaharlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Tadbir davomida o‘zbek xalqi xunarmandchilik va pazandachilik san’ati ham namoyish etilib, turli shirinliklar va sayyohlikka oid materillar tarqatildi. Ushbu axborot-madaniy kechasi haqidagi ma’lumot Germaniyaning “Wochenblatt Reporter” gazetasida chop etildi.

Axborot-madaniy kechasi yakunida “Dunyo” AA muxbiri ishtirokchilar bilan suhbatlao‘di.

Zils shaharchasi hokimi Peter Nyoten:

- Bugungi tadbir menda O‘zbekiston, uning mehmondo‘st xalqi va ajoyib tarixiy obidalari haqida ijobiy taasurot qoldirdi.

Aytishim kerak, men o‘tgan yili yurtingizda bo‘lib qaytgan Albertlar oilasi bilan yaqin do‘stlashganligim sababli avvallari ham bir necha marotaba O‘zbekiston haqida eshitgan edim. Lekin ushbu diyorning bu qadar jozibadorligiga bugungi tadbir davomida yana bir bor amin bo‘ldim: urf-odatlarning rang-barangligi, ulkan tarixiy obidalar va insonlarning ochiq chehra bilan muomalada bo‘lishi tahsinga loyiq.

Bugungi kabi tadbirlar O‘zbekistonni nafaqat Germaniyada tanishtirishda, shuningdek, xalqlarimiz o‘rtasida do‘stona munosabatlarni mustahkamlashda muhim o‘rin egallaydi. O‘ylanmanki, biz nemislar boy tarixga va madaniyatga ega o‘zbek xalqi bilan yaxshi aloqalar o‘rnatilishdan faqatgina manfaatdormiz”.

“Engineering-Consult” kompaniyasi rahbari Markus Albert:

- Mutaxassisligim bo‘yicha muhandis bo‘lishimga qaramay bajonidil boshqa mamlakatlarga sayohat qilaman. Bir yil avval oilam bilan O‘zbekistonda bo‘lishga muyassar bo‘ldim va ushbu sayohat davomida yurtingizning boy madaniyati va arxitektura obidalari bilan yaqindan tanishdim.O‘zbekistonda meni lol qoldirgan jihatlardan biri o‘zbeklarning ochiq ko‘ngil va mexmondo‘st ekanligi, qayerga borsangiz sizni quchoq ochib kutib olishlari bo‘ldi.

Bu meni, albatta, O‘zbekistonga yana qayta borishga undamoqda. Shu sababli men keyingi sayohatga tayyorgarlikni boshlab yubordim. Bu safar xususan yurtingizning tog‘li hududlariga borishni va davon oshib Farg‘ona vodiysiga piyoda o‘tishni rejalashtirmoqdaman.

Umid qilamanki, bugungi tadbirimiz natijasida menga hamshaharlarim orasidan ham hamrohlik qiluvchilar topiladi va hammamiz birgalikda keyingi yil O‘zbekistonga boramiz”.

 

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net