SAVDO-IQTISODIY VA TEXNIK HAMKORLIK BO?YICHA O?ZBEKISTON – BAA HUKUMATLARARO KOMISSIYASINING BO?LAJAK YIG?ILISHI TOG?RISIDA

12.03.2019 15:21

2019-yilning 12-mart kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi Savdo-iqtisodiy va texnik hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning uchinchi yig‘ilishi o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra Hukumatlararo komissiya yig‘ilishida ishtirok etish uchun BAA Iqtisodiyot vaziri, komissiyaning Amirliklar tomonidan hamraisi Sulton al-Mansuriy boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahriga kelmoqda.

Yig‘ilish kun tartibiga binoan o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish masalalari, jumladan ikki tomonlama savdo hajmini oshirish bo‘yicha takliflar, qishloq xo‘jaligi, turizm, kichik va o‘rta biznes, moliya, fuqaro aviatsiyasi, sanoat va madaniyat sohalarida investitsion loyihalarni amalga oshirish va hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net