Saudiya Arabistoni bilan bojxona ishlarida hamkorlik qilish bo?yicha bitim tasdiqlandi

26.01.2023 09:48

/“Dunyo” AA/. O‘zbekiston  Prezidentining «Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari qaroriga binoan, O‘zbekiston hamda Saudiya Arabistoni hukumati o‘rtasida bojxona ishlarida hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.

Malumot uchun: mazkur bitim 2022 yil 17 avgust kuni Jidda shahrida imzolangan edi.

  Mazkur hujjat bilan Bojxona qo‘mitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishini taʼminlaydi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net