Sankt-Peterburgdagi radioda O?zbekistondagi konstitutsiyaviy islohot mavzusida eshittirish efirga uzatildi

19.03.2023 12:12

/“Dunyo” AA/. Rossiyaning «Radio Peterburg» radiosida O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi bosh konsuli Alisher Boboyev bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohot mavzusida suhbat efirga uzatildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 Muloqot chog‘ida joriy yil 10-mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisi o‘tkazilib, unda Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha referendumni tayinlash va uni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingani aytib o‘tildi. Shuningdek, qonun loyihasining Konstitutsiyaga muvofiqligini aniqlash uchun Konstitutsiyaviy sudga yuborilgani va uning xulosasi olingani taʼkidlandi. 

 «Ushbu bosqichlardan keyin Oliy Majlis Senati aʼzolari Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha 30 aprel kuniga  referendum tayinlash va uni o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorni maʼqulladilar», dedi bosh konsul.

Shu bilan birga, efir davomida O‘zbekiston hududlari va Sankt-Peterburg o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalar, Bosh konsulxona tomonidan o‘tgan davr mobaynida savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, turizm va migratsiya sohalarida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida maʼlumotlar tinglovchilar eʼtiboriga havola qilindi. 

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net