Qoraqalpog?iston Respublikasi, Buxoro va Xorazm viloyatlarining sayyohlik salohiyatini kompleks rivojlantirish vazifalari belgilandi

04.10.2022 01:56

TOSHKENT, 4 oktyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining Buxoro viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining 2022-2026 yillarda turistik salohiyatini kompleks rivojlantirish to‘g‘risidagi  qarorlari qabul qilindi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.

Hujjatlar ushbu hududlarda turizmni rivojlantirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar hamda yillik maqsadli ko‘rsatkichlarni nazarda tutadi.

Xususan, qarorda Qoraqalpog‘iston Respublikasida Mo‘ynoqdagi turizm masalalariga oid xalqaro konferensiya o‘tkazish, shuningdek,  Qoraqalpog‘istonning har bir shahar va tumanidan 500 nafar aholini respublikaning turistik hududlariga yuborilishini tashkillashtirish vazifalari belgilandi.

 Xorazm viloyatida:

-Xorazmshohlar davlat muzeyini tashkil etish;

-“Xorazm” turistik brendini yaratish bo‘yicha tanlov o‘tkazish;

-2024 yilga qadar Xiva shahrigacha tezyurar poyezdni yo‘lga qo‘yish;

-“Urganch-Boku-Urganch”, “Madrid-Urganch-Toshkent” yo‘nalishlari bo‘yicha, shuningdek, Pokiston, Indoneziya, Yaqin Sharq va Yevropa mamlakatlaridan muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish;

-turistik mahallalarni barpo etish vazifalari tasdiqlandi. 

 Buxoro viloyatida:

-2022-2026 yillarda Buxoroga sayyohlar oqimni (mahalliy va xorijiy) 5 million nafarga, ushbu sohada eksport hajmini 600 million AQSH dollariga yetkazish;

-800 dan ziyod madaniyat obyektlarini birma-bir restavratsiya qilish;

-«Street Food» gastronomik ko‘chasini barpo etish;

-«Qadimgi Poykent» arxeologik yodgorligini muzeyga aylantirish va arxeologik park barpo etish;

-Turkiya, Buyuk Britaniya, Fransiya muzeylarida saqlanayotgan, Abu Ali Ibn Sino qalamiga mansub qo‘lyozmalar nusxalarini shakllantirish va Buxorodagi muzeyga joylashtirish;

-Buxoro jayronlar pitomnigini sayyohlik maskaniga aylantirish;

-yoshlar turistik forumini o‘tkazish bo‘yicha rejalar qayd etildi.

 Hukumat qarorlarida, shuningdek, ushbu hududlardagi bo‘sh turgan yerlarni auksion orqali mehmonxona va xostellar qurilishi uchun ajratish nazarda tutilgan.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net