Prezident Toshkent shahri aholisining issiqlik taʼminoti holati bilan tanishdi

13.12.2022 11:23

/“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun «Toshkent issiqlik markazi» korxonasining Chilonzor issiqlik markazini borib ko‘rdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, ushbu majmua 1969 yilda qurilgan. Qozonxona 700 Gkal quvvatga ega. Markaz 921 ta ko‘p qavatli uy va 100 dan ortiq ijtimoiy soha obyektlariga issiqlik quvvati yetkazib beradi. 

So‘nggi kunlarda ob-havoning keskin sovib ketishi oqibatida gaz bosimining pastligi kuzatilmoqda. Bu isitish darajasiga salbiy taʼsir qilmoqda.

Chilonzor issiqlik markazida ham uskuna va tarmoqlar eskirgan. Issiqlikni uzatishda yo‘qotishlar bor.

Shu bois bu boradagi zaruriy chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari issiqlik ishlab chiqarishning muqobil manbalarini izlash, quvurlar va uylarda haroratni asrash zarurligini taʼkidladi.

Toshkent shahri tumanlariga elektrda ishlaydigan 2 megavattli stansiyalar olib kelib, qo‘shimcha issiqlik quvvatlari yaratish taklifi maʼqullandi. Bunday bitta qurilma 1 ming 340 ta xonadonga issiqlik yetkazib beradi. Ishlab chiqarish xarajati kamligi evaziga narx oshmaydi.

Shavkat Mirziyoyev kutilmaganda shu yerdagi Shirin mahallasini kirib ko‘rdi. Aholi xonadonlarida bo‘lib, turmush sharoitlari, issiqlik taʼminoti bilan qiziqdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net