
Poytaxt aeroportida Oʻzbekiston Prezidentini Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq, 22-aprel kuni Oʻzbekiston rahbari Mintaqaviy ekologik sammit va Orol dengizini qutqarish xalqaro jamgʻarmasi taʼsischilari - davlat rahbarlari kengashining yigʻilishida ishtirok etadi.