POKISTONDA VATAN HIMOYACHILARI KUNI NISHONLANDI

15.01.2019 12:17

2019-yilning 14-yanvar kuni Pokiston tomonining tashabbusi bilan Pokiston Islom Respublikasi Qurolli kuchlari Qo‘shma shtabida ularning amaliyotida va ikki tomonlama munosabatlar tarixida ilk marotaba O‘zbekistonning davlat bayrami – Vatan himoyachilari kuni nishonlandi.

Tadbir yuqori darajada tashkil etildi. O‘zbekistonning Qurolli kuchlari va Pokistondagi Elchixonasi delegatsiyasi sharafiga harbiy orkestr bilan faxriy qorovul saf tortdi.

 Pokiston tomoni harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha o‘zaro munosabatlarining rivojlanishi, shuningdek, mamlakatimiz Qurolli Kuchlarining zamonaviy tayyorgarligi bo‘yicha batafsil video rolik taqdim etdi.

 Tadbir doirasida Pokiston Qurolli Kuchlarining Qo‘shma Shtabi tomonidan shtab shaxsiy tarkibi ishtirokida rasmiy qabul marosimi o‘tkazildi.

Suhbat chog‘ida ikki qardosh xalqlar o‘rtasida harbiy hamkorlikni yanada mustahkamlanishi uchun bugungi kunda yangi imkoniyatlar ochilayotganligi ta’kidlandi.

 O‘zbekiston Elchixonasi O‘zbekiston davlat bayrami – Vatan himoyachilari kuniga hurmat ko‘rsatilganligi uchun Qurolli Kuchlar Qo‘shma Shtabi rahbariyatiga minnatdorlik izhor etdi. Tadbir O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlarning yangi bosqichga ko‘tarilganligining yorqin ramzi bo‘ldi va tomonlarning do‘stlik asosida hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini tasdiqladi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net