Pekinda O'zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo'lib o'tdi

24.01.2024 01:50

/"Dunyo" AA/.  Bugun Pekin shahri Tyananmen maydonidagi Xalq yig'inlari uyida davlat tashrifi bilan Xitoyda bo'lib turgan O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo'ldi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston Prezidenti sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.

Xitoy Raisi Si Szinpin O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni kutib oldi.

Yetakchilar ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari a'zolarini qutladilar.

Harbiy orkestr ijrosida O'zbekiston va Xitoy madhiyalari yangradi.

Faxriy qorovul boshlig'i Prezidentimizga raport berdi. Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o'tdilar.

Marosimdan so'ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net