Para taekvondo bo?yicha O?zbekiston terma jamoasi murabbiyi dunyoning eng yaxshi murabbiyi deb eʼlon qilindi

13.12.2022 11:12

/“Dunyo” AA/. Saudiya Arabistoni poytaxti - Ar-Riyod shahrida o‘tkazilgan para taekvondo bo‘yicha Gran-pri turniri doirasida ushbu sport turi bo‘yicha yilning  eng yaxshi sportchilarining nomlari nomi eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Sportni rivojlantirish vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, para taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Bobur Qo‘ziyev Butunjahon taekvondo federatsiyasi tomonidan «Yilning eng yaxshi murabbiyi» nominatsiyasida g‘olib deb topildi. 102 ta davlat vakillari orasida yuksak eʼtirofga sazovor bo‘lgan hamyurtimizga Butunjahon taekvondo federatsiyasining maxsus kubogi topshirildi.

Taʼkidlash kerakki, yakuniy 3 nafar nomzod orasida hamyurtimizdan tashqari Braziliya va Meksika terma jamoalari murabbiylari ham bor edi.

Maʼlumot uchun: O‘zbekiston para taekvondo terma jamoasi aʼzolari joriy yilda o‘nga yaqin nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtirok etgani holda 12 ta oltin, 11 ta kumush va 15 ta bronza, jami 38 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net