O?zXDP O?zbekiston Prezidenti saylovida ishtirok etish uchun nomzodni tasdiqladi

29.05.2023 10:22

/“Dunyo” AA/. Bugun Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining (O‘zXDP) XIII qurultoyida 9-iyul kuniga belgilangan muddatidan ilgari saylovda partiya yetakchisi Ulug‘bek Inoyatovni Prezidentlikka nomzod etib tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Eslatib o‘tamiz, partiyaning 12 may kuni bo‘lib o‘tgan plenumida Ulug‘bek Inoyatov prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatilgan edi. Shundan so‘ng u saylovda ishtirok etish uchun Markaziy saylov komissiyasiga hujjatlarni taqdim etib, ruxsat oldi.

Qurultoy davomida partiya nomzodning Dasturi ham tasdiqlandi.

Nomzod dasturida ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatimizda ijtimoiy adolat, ijtimoiy tenglik va xalq hokimiyatchiligi mezonlariga mos keladigan demokratik ijtimoiy davlatni barpo etishdir, deyiladi manbada.

Dasturda davlat va jamiyatni rivojlantirish, huquqlar va imkoniyatlar tengligini taʼminlash, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish yo‘nalishlarida 100 ga yaqin taklif va tashabbuslar ilgari surilmoqda.

Dasturda ochiqlik va milliy manfaatlar ustuvorligiga asoslangan konstruktiv tashqi siyosat masalasiga ham alohida eʼtibor qaratilgan.

Qurultoy delegatlari nomzod dasturi Xalq demokratik partiyasining ustuvor dasturiy g‘oya va maqsadlariga mos ekanini, dasturda partiya elektorati, aholining ehtiyojmand qatlami huquq va manfaatlari birinchi navbatda hisobga olingani qayd etishdi.

O‘zXDP veb-saytidan olingan surat.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net