O'zbekistonning korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha davlat siyosati Malayziyaning ixtisoslashgan OAV diqqat markazida

13.02.2024 03:34

/"Dunyo" AA/. Malayziya Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi veb-saytida O'zbekistonning korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha davlat siyosatiga bag'ishlangan maqola e'lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

«O'zbekistonning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatining huquqiy asoslarini mustahkamlagan dastlabki hujjatlardan biri 2017-yil 3-yanvarda qabul qilingan «Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida»gi qonundir», — deyiladi maqolada.

Nashrda qayd etilishicha, bugungi kunda «inson huquq va erkinliklari», «qonun ustuvorligi», «so'z erkinligi», «jamoatchilik nazorati», «xususiy mulk daxlsizligi», «iqtisodiy faoliyat erkinligi» kabi fundamental demokratik tushuncha va qadriyatlar mavzusi mamlakatda real hayotga aylanib bormoqda.

Maqolada yozilishicha, 2017-yildan buyon respublikada korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali mexanizmlarini yaratish yo'lidan borilmoqda, xalqaro standartlarga asoslangan korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati izchillik bilan hayotga tatbiq etilyapti.

Malayziya OAVda ta'kidlanganidek, 2017-yildan boshlab korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha chora-tadbirlarda izchillikni ta'minlash maqsadida har 2 yilda bir marta ishlab chiqilgan davlat dasturlarini qabul qilish amaliyoti joriy etilgan. Bundan tashqari, ilg'or xorijiy tajribadan kelib chiqib, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashga boshqa yo'l bilan hissa qo'shgan shaxslarni mukofotlash mexanizmi joriy etildi.

2020-yilda O'zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi hamda mustaqil, hisobdor organ – korrupsiyaga qarshi kurashish bilan shug'ullanuvchi organlar va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish vakolatiga ega bo'lgan O'zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi.

Materialda O'zbekiston Prezidenti xalqning faol ishtirokida demokratik islohotlarni yanada kengaytirib, chuqur konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirgani alohida ta'kidlandi.

«O'zbekiston – 2030» strategiyasida korrupsiyaga qarshi kurashish eng muhim ustuvor yo'nalishlardan biri sifatida belgilangan. 2030-yilga borib respublika ushbu jabhada o'z mavqeini 50 pog'onaga yaxshilash va korrupsiyani qabul qilish indeksida 76-o'ringa ko'tarilishni maqsad qilgan», — deb yozilgan maqola xulosasida.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net