O?zbekistonga o?tgan 9 oy mobaynida 1 ming 629 ta elektromobil import qilindi

25.10.2022 15:57

“Dunyo” AA/. O‘zbekistonga o‘tgan 9 oyda 1 ming 629 ta elektromobil import qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekistonga oxirgi 4 yilda 991 ta, 2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida esa 1 ming 629 ta elektromobil import qilingan.

 So‘nggi besh yilda mamlakatimizga 17 mamlakatdan jami 2 ming 620 ta elektromobil olib kirildi.   

Xususan, 2018 yilda  13 ta, 2019 yilda 39 ta, 2020 yilda 130 ta, 2021 yilda  809 ta va 2022 yil yanvar-sentyabr oylarida 1629 ta elektromobil sotib olindi.

O‘tgan besh yil davomida sotib olingan jami elektromobillar uchun 71,8 million AQSH dollari sarflangan.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net