O?zbekistondagi tibbiy turizm imkoniyatlari Eron OAV diqqat markazida

10.01.2023 11:12

/“Dunyo” AA/. «Iran Daily» gazetasining internet tarmog‘idagi veb-sahifasida «O‘zbekiston – dam olish va sog‘lomlashtirish uchun ajoyib diyor» sarlavhali maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Unda O‘zbekistonda tibbiy turizm salohiyati haqidagi atroflicha maʼlumotlar qalamga olingan bo‘lib, O‘zbekiston o‘ziga xos tabiati va iqlimi tufayli Markaziy Osiyoning asosiy sog‘lomlashtirish maskanlaridan biri sifatida mashhurligi alohida taʼkidlangan. «Mamlakatning barcha huddularida dam olish uchun sanatoriy va muolaja maskanlari juda ko‘p, - deb yozadi Eron nashri. Ularning aksariyati shahar atrofi va tog‘ oldi hududlarida joylashgani bemorlarning salomatliklarini tiklashlariga ijobiy taʼsir ko‘rsatmoqda».

 Maqolada O‘zbekistondagi klinikalar murakkab laboratoriya, konsultativ tekshiruvlar va zamonaviy diagnostika usullaridan tortib, standart muolajalar va murakkab jarrohlik operatsiyalarigacha bo‘lgan keng ko‘lamli ko‘p tarmoqli xizmatlarni taqdim etishiga oid maʼlumotlar ham  o‘quvchilarning eʼtiboriga havola qilingan.

Alohida taʼkidlanganidek, o‘zbek xalq tabobati Ibn Sino taʼlimoti asosida rivojlangan va bugungi kunda ham ushbu taʼlimot keng qo‘llanilmoqda. «2022 yilning 11 oyi davomida O‘zbekistonga 65,6 ming nafar xorijliklar davolanish maqsadida kelgani bu fikrni tasdiqlaydi. Bu ko‘rsatkich 2021 yilning mos davriga nisbatan 39,1 ming kishiga yoki 2,5 barobarga o‘sdi».

«Iran Daily», shuningdek, 2022 yil 13 oktyabrdan O‘zbekiston va Eron hukumatlari o‘rtasidagi ishbilarmon va ilmiy doiralar vakillari va sayyohlik guruhlari uchun viza jarayonlarini soddalashtirish to‘g‘risidagi bitim kuchga kirganini ham maʼlum qilgan.

Maʼlumki, Tehron va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovlari haftasiga ikki marta amalga oshirilmoqda.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net