O?zbekistonda Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti tashkil etildi

30.01.2023 12:52

“Dunyo” AA/.O‘zbekiston Prezidentining «Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ushbu qaror bilan Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti, Institut huzurida Agrobiznes subyektlari salohiyatini oshirish markazi – Capacity Building Center, shuningdek,  Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti huzuridagi Qo‘qon oziq-ovqat sanoati va xizmat ko‘rsatish texnikumi tashkil etiladi.

 Hujjatga ko‘ra, institutning asosiy vazifalaridan biri oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash sohasida kichik va o‘rta biznes uchun raqobatbardosh texnologiyalar, jarayonlar va tarmoqlarni rivojlantiradigan mukammal texnologlar, yetuk kadrlar va biznes rahbarlarini tayyorlashdir.

Institutda o‘qitish ingliz, rus va o‘zbek tillarida hamda kunduzgi, sirtqi va masofaviy taʼlim shakllarida amalga oshiriladi.  2024/2025 o‘quv yilidan institutda bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha dual taʼlim tizimi joriy qilinadi.

 Davlatimiz qarorida  qayd etilganidek, 2024 yil 1 yanvardan institutning ilmiy salohiyatini oshirish uchun oziq-ovqat sanoati va uni qayta ishlash bo‘yicha ilmiy pedagogik kadrlar (tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar Institutga sohaga mos bo‘lgan bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali 2-kursdan to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net