/“Dunyo” AA/. “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan muddatidan ilgari O‘zbekiston Prezidenti saylovi uchun Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari Robaxon Mahmudova nomzodini ko‘rsatmoqchi, deb xabar qilayapti “Dunyo” AA muxbiri.
“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Robaxon Mahmudovani prezidentlikka nomzod sifatida partiyaning bo‘lajak Qurultoyida ko‘rib chiqish uchun maʼqulladi.
Robaxon Mahmudova 2020 yilning iyulidan Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari – maʼmuriy ishlari bo‘yicha sud kollegiyasi raisi lavozimida ishlab kelmoqda.
Avvalroq Xalq demokratik partiyasi va Ekologik partiya ham prezidentlikka o‘z nomzodlari – Ulug‘bek Inoyatov hamda Abdushukur Hamzayevni ko‘rsatgani haqidagi xabarlar tarqalgan edi.
O‘zbekiston Oliy sudi veb-saytidan olingan surat.