O?ZBEKISTONDA JISMONIY TARBIYA VA SPORT BO?YICHA YAGONA AXBOROT TIZIMI YARATILADI

04.06.2019 12:16

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining “Jismoniy tarbiya va sport yagona axborot tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” qaroriga binoan mamlakatimizda yagona ma’lumotlar bazasi yo‘lga qo‘yiladi.Ushbu tizim sport natijalari bo‘yicha izchil monitoring olib borish, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan barcha sportchilar, murabbiylar hamda sog‘lomlashtirish va sport inshootlari to‘g‘risida ma’lumot almashishga xizmat qiladi.

 

 

Ushbu taklif O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi tasarrufidagi ta’lim tashkilotlari tomonidan ilgari surilgan.

 Sportchilar, trenerlar, ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya o‘qituvchilari haqidagi ma’lumotlarini tizimli monitoringini olib borish, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish hamda sport inshootlarini ro‘yxatga olish, ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari va talabalarining sport fanlari bo‘yicha sinov imtihonlarini topshirish natijalarini tahlil qilib borishYagona ma’lumotlar bazasining asosiy vazifalari etib belgilandi.

 Sportchilar, trenerlar va sport inshootlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar www.sport.uz yagona axborot portalida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi ochiq ma’lumotlar portalida joylashtiriladi.

 “Jismoniy tarbiya va sport ” yagona axborot tizimi joriy yilning 1 sentyabridan barcha ta’lim muassasalarida hamda davlat va nodavlat sport-sog‘lomlashtirish tashkilotlarida ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net