O?zbekiston yoqilg?i ishlab chiqarish zavodi jahon energetika sanoatining «Oskari»ga nomzod sifatida tanlandi

04.10.2022 15:25

«Dunyo» AA/. O‘zbekistoning «Uzbekistan GTL» zavodi dunyoning neft-gaz va kimyo sanoati sohasidagi eng nufuzli mukofoti, jahon energetika sanoatining «Oskar» mukofoti sifatida e’tirof etilgan «2022 Platts Global Energy Awards» – AQSHning «S&P Global» nufuzli hakamlar hay’ati tomonidan «Uglevodorodlarni qayta ishlash sohasi va kimyo sanoatidagi ulkan muvaffaqiyatlari uchun» nominatsiyasida dunyoning yetakchi korxonalari qatorida nomzod sifatida tanlandi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu nominatsiyada g‘oliblik uchun «Uzbekistan GTL»  zavodi bilan bir qatorda Xitoydagi «China Gas Holdings», Luksemburgdagi «Clariter», Hindistondagi «Hindustan Petrolium Corporation» va «Indian Oil Corporation», AQSHdagi «Kiewit», «United Energy Trading», «Valero Energy Corporation» kabi dunyoning yetakchi korxonalari kurash olib bormoqda.

Mukofot g‘oliblari «S&P Global» tomonidan joriy yil 8 dekabr kuni AQSHning Nyu-York shahrida o‘tkaziladigan taqdirlash marosimida e’lon qilinadi.

– «Uzbekistan GTL» zavodining ushbu mukofot uchun nomzod etib tanlangani “O‘zbekneftgaz” AJ jamoasi uchun katta sharafdir, - dedi  «O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev. - Bu erishgan muvaffaqiyatlarimizning yana bir tasdig‘i bo‘lib, korxonamiz ishchi-xodimlari hamda hamkorlarimiz ushbu e’tirofga erishish uchun qilgani  mehnatiga, barchaning sa’y-harakatlariga berilgan munosib bahodir.

Ma’lumot uchun,  «Uzbekistan GTL» korxonasi dunyodagi eng yirik va eng ilg‘or zavodlardan biri hisoblanadi. Loyiha O‘zbekistonning tabiiy gazni chuqur qayta ishlash quvvatlarini sezilarli darajada kengaytirish va uglevodorod xomashyosi importini keskin qisqartirishga qaratilgan.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net