O?zbekiston va YETTB hamkorlikni mustahkamlash bo?yicha qo?shma «Yo?l xaritasi»ni qabul qilishga kelishib oldi

16.11.2022 10:47

“Dunyo” AA/.  Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Xorijiy investorlar kengashining birinchi yalpi majlisi hamda YEI va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha Samarqand konferensiyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, YETTB bilan samarali hamkorlikning joriy holati va uni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Prezidenti oxirgi olti yilda O‘zbekistonning ushbu nufuzli moliyaviy institut bilan aloqalari misli ko‘rilmagan darajaga ko‘tarilganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Bank ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni amalga oshirishda O‘zbekistonning asosiy hamkorlaridan biridir.

Uchrashuvda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy qilish, xususan, energetika, transport-logistika, sog‘liqni saqlash, taʼlim, uy-joy kommunal xo‘jalik sohalarida DXSH loyihalarini amalga oshirish, “yashil” taraqqiyot, xotin-qizlar va yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kabi ustuvor yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.

Odil Reno-Basso yurtimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni yuksak baholadi hamda sermahsul sheriklikni kengaytirishga tayyorligini bildirdi.

Kelgusi yilda Samarqand shahrida bank boshqaruvchilarining navbatdagi yillik yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorgarlikning amaliy jihatlari ham muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida mamlakatimizning YETTB bilan hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan aniq tadbirlardan iborat «Yo‘l xaritasi»ni qabul qilishga kelishib olindi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net