O?zbekiston va Vengriya yetakchilari o?zaro manfaatli hamkorlikning ustuvor loyihalarini muhokama qildilar

10.11.2022 14:55

“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti doirasida Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan muzokara o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq amaliy hamkorlikni kengaytirish va ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Faol ishbilarmonlik aloqalari, jumladan, shu kunlarda ikki mamlakatning yetakchi kompaniya va korxonalari ishtirokida o‘tkazilayotgan qo‘shma biznes forum samarali natijalar berayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Sanoat, kimyo tarmog‘i, farmatsevtika, bank-moliya, transport va logistika sohalarida, boshqa ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma investitsiya loyihalarini ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi. Biznes tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mexanizmlar yaratish ishlarini tezlashtirishga kelishib olindi.

Gumanitar almashinuv dasturlarini, eng avvalo, taʼlim, madaniyat va kinematografiya sohalarida faol davom ettirish muhimligi taʼkidlandi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net