O?zbekiston va Turkiya TIV rahbarlari ikki tomonlama tadbirlar jadvali va tashkiliy jihatlarini muhokama qildilar

25.01.2023 16:29

/“Dunyo” AA/. Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston va Turkiya TIV rahbarlari Baxtiyor Saidov va Mevlut Chavusho‘g‘luning ikki tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, Mevlut Chavusho‘g‘lu O‘zbekistonning IHTga raisligi Tashkilot doirasidagi o‘zaro manfaatli sheriklikni mustahkamlash, uning jahon maydonidagi nufuzini oshirishga xizmat qilganini taʼkidladi.

Bo‘lajak ikki tomonlama tadbirlar jadvali va tashkiliy jihatlari, jumladan, tashqi siyosat idoralari rahbarlari darajasidagi Strategik rejalashtirish guruhi hamda Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Turkiya hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishlarini o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.

Afg‘onistondagi mavjud vaziyat va mintaqaviy siyosatning boshqa masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar almashuvni kengaytirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Anvar Ilyosov olgan surat (“Dunyo” AA).

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net