O?zbekiston va Turkiya Jizzax viloyatida quvvati 400 MVt bo?lgan bug?-gaz elektr stansiyasini qurish masalalarini muhokama qilmoqda

15.03.2023 12:01

/“Dunyo” AA/. Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov kecha  Turkiyaning «Chengiz Enerji» kompaniyasi ijrochi direktori Ahmet Cengiz bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.

ISSV maʼlumotiga ko‘ra, tomonlar muvaffaqiyatli amalga oshirilgan qo‘shma loyihalar natijasida erishilgan yutuqlarni hamda mamlakatimiz energetika sohasini rivojlantirishda investitsiyaviy hamkorlikni yana-da kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqdi.

Xususan, 2022 yil iyun oyida Toshkent viloyatida 240 MVt va Sirdaryo viloyatida 220 MVt quvvatga ega zamonaviy bug‘-gaz elektr stansiyalarini ishga tushirilganligi qayd etildi.

Turkiya kompaniyasi rahbari birgalikda va hamjihatlikda olib borilgan ishlarning muvaffaqiyatini taʼkidlab, kompaniya elektr energiyasi ishlab chiqarish sohasidagi investitsiya loyihalari portfelini kengaytirish niyatida ekanligini maʼlum qildi. Shu tariqa, Jizzax viloyatida quvvati 400 MVt bo‘lgan bug‘-gaz elektr stansiyasini ishga tushirish loyihasi taklif etildi. Ushbu tashabbus yiliga 286 million kub metr gazni tejash imkonini beradi, bu esa pulga hisoblaganda 103 million dollarga teng.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar yangi loyihani amalga oshirish maqsadida kelgusidagi hamkorlik formati bo‘yicha kelishib oldilar.

Maʼlumot uchun: «Chengiz Enerji» 2000 yilda tashkil etilgan. Kompaniya elektr energiyasini ishlab chiqarish va taqsimlash, tabiiy gaz savdosi va taqsimoti, tabiiy gazda ishlaydigan kombinatsiyalashgan elektr stansiyalarini qurish yo‘nalishlarida faoliyat olib boradi. Hozirgi kunda kompaniya energetika sohasida umumiy quvvati 5000 MVt bo‘lgan 9 ta foydalanishga topshirilgan va 4 ta qurilayotgan loyihani boshqaradi. Turkiyadagi elektr energiyasining 30 foizini «Chengiz Enerji» stansiyalari tomonidan ishlab chiqariladi. Xodimlar soni butun dunyo bo‘ylab 20 000 dan ortiq kishini tashkil qiladi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net