O?zbekiston va Tojikiston Prezidentlari Ostonada bo?lib o?tgan MDH sammiti doirasida uchrashdilar

14.10.2022 19:38

“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining majlisi doirasida Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, Markaziy Osiyoda ko‘p qirrali hamkorlikni yana-da kengaytirish va mintaqaviy sheriklikni mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Prezidentlar oliy darajada erishilgan, eng avvalo, tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, sanoat, energetika, transport, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi sohalarida ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasidagi kelishuvlarni ro‘yobga chiqarish zarurligini taʼkidladilar.

Shuningdek, mintaqaviy tuzilmalar, shu jumladan SHHT va MDH doirasidagi hamkorlikka oid masalalar muhokama qilindi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net