O'zbekiston va Tojikiston o'rtasidagi hamkorlik barcha sohalarda misli ko'rilmagan sur'at bilan rivojlanib bormoqda

13.02.2024 03:20

/"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun tashrif bilan mamlakatimizda bo'lib turgan Tojikiston tashqi ishlar vazirining o'rinbosari Sodiq Imomi bilan uchrashdi, deb xabar qilayapti "Dunyo" AA muxbiri.

«O'zbekiston va Tojikiston tashqi ishlar vazirliklari o'rtasida siyosiy maslahatlashuvlarni o'tkazish uchun yurtimizga tashrif buyurgan Tojikiston tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Sodiq Imomi Janobi Oliylari bilan uchrashishdan mamnunmiz, — deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. — Biz mamlakatlarimiz o'rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning keng ko'lamli kun tartibi va istiqbollarini muhokama qildik. Hamkorligimiz barcha sohalarda misli ko'rilmagan sur'at bilan rivojlanib bormoqda».

Anvar Ilyosov olgan surat ("Dunyo" AA)

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net