O'zbekiston va Rossiya Prezidentlari Sankt-Peterburgda avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar

27.12.2023 03:33

/"Dunyo" AA/. Kecha Sankt-Peterburg shahridagi MDH norasmiy sammiti doirasida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, joriy yilning 5-7-oktyabr kunlari Rossiyaga amalga oshirilgan oliy darajali tashrif yakunida erishilgan kelishuvlarni ro'yobga chiqarish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Tovar ayirboshlashning o'sish sur'atini saqlab qolish hamda istiqbolli kooperatsiya loyihalarini ilgari surish maqsadida yaqin idoralararo muvofiqlashuv va amaliy hamkorlikni, shu jumladan ikki mamlakat hududlari darajasida ta'minlash muhimligi qayd etildi.

Mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net