O?zbekiston va Rossiya Prezidentlari bugun bo?lib o?tgan telefon orqali muloqot chog?ida neft-gaz sohasidagi o?zaro hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratdilar

04.01.2023 10:19

/“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning  Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yana-da chuqurlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikning rivojlanish surʼati, shu jumladan, o‘zaro tovar ayirboshlash ortayotgani, O‘zbekiston va Rossiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida qo‘shma korxona va kooperatsiya loyihalarining soni oshayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Mamlakatlarimiz hududlari o‘rtasidagi faol muloqotlarni davom ettirish, shu maqsadda har yili Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan «Innoprom. Markaziy Osiyo» xalqaro ko‘rgazmasi hamda O‘zbekiston-Rossiya Hududlar forumi imkoniyatlarini samarali ishga solish muhimligi taʼkidlandi.

Neft-gaz sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Davlatimiz rahbari tomonidan 2022 yilning 26-27 dekabr kunlari Sankt-Peterburg shahrida o‘tgan MDH norasmiy sammitining samarali natijalarini yuksak baholandi.

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilarining telefon orqali muloqoti har doimgidek samimiy, do‘stona va amaliy ruhda o‘tdi.

“Dunyo” AA arxividan olingan surat.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net