O?zbekiston va Qozog?iston Prezidentlari amaliy hamkorlikning dolzarb masalalari va Turkiy davlatlar tashkiloti bo?lajak sammitining kun tartibini muhokama qildilar

27.10.2022 12:04

“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammiti doirasida bugun Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra  O‘zbekiston-Qozog‘iston yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yana-da mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarida amaliy aloqalarni kengaytirish zarurligi qayd etildi.

Tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, sanoat, energetika, transport va logistika, qishloq xo‘jaligi sohalarida, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollariga alohida eʼtibor qaratildi.

Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. 11 noyabr kuni Samarqand shahrida o‘tkaziladigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitining kun tartibi muhokama qilindi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net