O?zbekiston va Qirg?iziston TIV rahbarlari tomonlarning faol muloqotni davom ettirishga tayyor ekanini tasdiqladi

25.01.2023 16:31

/“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov kecha IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 26-yig‘ilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik tamoyillariga asoslangan O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlarining turli jihatlari muhokama qilindi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga bo‘lajak davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar sohalarda faol muloqotni davom ettirishga tayyor ekani tasdiqlandi.

Anvar Ilyosov olgan surat (“Dunyo” AA)

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net