O'zbekiston va Qirg'iziston tashqi ishlar vazirlari Toshkentda ikki tomonlama siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasini o'tkazdilar

21.12.2023 03:53

/"Dunyo" AA/. Bugun O'zbekiston va Qirg'iziston tashqi ishlar vazirlari Baxtiyor Saidov va Jeenbek Kulubayev ishtirokida ikki tomonlama siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

«Bugun qadrli hamkasbim, tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev janoblari bilan O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Qirg'iz Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi o'rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasini o'tkazdik, - deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram kanalida. - Mamlakatlarimiz o'rtasidagi jadal rivojlanib borayotgan keng ko'lamli strategik sheriklik kun tartibini alohida ta'kidladik. Muzokaralarda bo'lajak oliy va yuqori darajadagi qo'shma tadbirlar, munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni faollashtirish, yangi qo'shma sanoat va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, hududlararo muloqotlarni mustahkamlash, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalariga alohida e'tibor qaratdik».

 

Eslatib o'tamiz, Qirg'iziston TIV rahbari kecha tashrif bilan Toshkentga kelgan edi. Toshkent xalqaro aeroportida uni O'zbekiston tashqi ishlar ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kutib oldi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net