O?zbekiston va Ozarbayjon TIV rahbarlari xalqaro va mintaqaviy institutlar doirasidagi konstruktiv muloqot hamda o?zaro yordam ko?rsatishda davom etish bo?yicha kelishib oldi

25.01.2023 16:34

/“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov kecha Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, har ikki tomon O‘zbekiston va Ozarbayjon rahbarlarining muloqotlari natijasida erishilgan kelishuvlarni to‘liq amalga oshirishga tayyorligi tasdiqlandi.

Xalqaro va mintaqaviy institutlar doirasidagi konstruktiv muloqot hamda o‘zaro yordam ko‘rsatishda davom etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Xususan, Jayxun Bayramov Ozarbayjon tomonining IHT doirasidagi umumiy saʼy-harakatlarini yaqindan muvofiqlashtirishga tayyorligini bildirdi.

Savdo, transport va logistika sohalaridagi aloqalarni kengaytirish, madaniy-gumanitar almashinuvlarni jadallashtirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Anvar Ilyosov olgan surat (“Dunyo” AA).

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net