
'zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziya bosh prokurori Mohd Dusuki bin Moxtar bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda
Muloqot davomida ikki mamlakat Bosh prokuraturalari o'rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, prokuratura faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish sohalarida tajriba almashish bo'yicha ikki tomonlama aloqalarni kengaytirish masalalari alohida e'tibor qaratildi.
Malayziya tomoniga mamlakatimizda davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida, xususan, prokuratura va sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar haqida batafsil ma'lumot berildi. Respublikada Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta'minlash davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi sifatida belgilangani ta'kidlandi.
Uchrashuv yakunida ikki mamlakat prokuratura organlari o'rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo'yicha kelishuvga erishildi.