O?zbekiston va Chexiya munosabatlarining bugungi holati va ularni yana-da rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi

15.10.2022 18:25

“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Chexiya elchisi Vaslav Yilek bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA  muxbiri.

Muloqot chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarga oid masalalar va yaqin kelajakda rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlar muhokama qilindi.

Tomonlar 2023 yilning birinchi yarmida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi va Iqtisodiy, sanoat va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 9-yig‘ilishini tayyorlash bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Ikki mamlakat parlamentlari o‘zaro tashriflar va videokonferensaloqa formatida muzokaralar tashkil etish orqali aloqalarni faollashtirishdan manfaatdor ekani taʼkidlandi.

Tomonlar o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni faollashtirish muhimligini qayd etdi.

Uchrashuv natijasida turli yo‘nalishlarda, jumladan, sport, ommaviy axborot vositalari va mudofaa sohalarida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net