O'zbekiston va Belarus Prezidentlari Toshkent shahridagi Texnopark faoliyati bilan tanishdi

08.02.2024 03:07

 /"Dunyo" AA/. Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida bugun Toshkent shahridagi Texnoparkka tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, oliy martabali mehmon e'tiboriga Texnopark korxonalarida ishlab chiqarilayotgan maishiy texnika, elektron hisoblagichlar, lift va eskalatorlar, nasoslar, sanoat qozonxonalari, sovitish tizimlari kabi keng turdagi yuqori texnologik mahsulotlar taqdim etildi. 

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan tashkil etilgan sanoat majmuasida umumiy qiymati 365 million dollarlik 17 ta ishlab chiqarish quvvati joylashtirilgan. Joriy yilda bu yerda logistika markazi ish boshlaydi.

Mahsulotlar xorijiy brendlar ostida va ular nazoratida ishlab chiqarilmoqda, ichki va xorijiy bozorlarda ularga talab yuqori. Tovarlar dunyoning 10 ta mamlakatiga eksport qilinmoqda.

Prezidentlar yetakchi korxonalar kooperatsiyasini, tajriba almashish va texnologiyalar transferini kengaytirish zarurligini ta'kidladilar.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net