O?ZBEKISTON VA BAA O?RTASIDAGI VAZIRLIKLARARO SIYOSIY MASLAHATLASHUVLAR TO?G?RISIDA

06.12.2018 12:06

2018-yilning 5-dekabr kuni Abu-Dabi shahrida vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning birinchi raundi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov va Birlashgan Arab Amirliklari Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri o‘rinbosari Xalifa Shahin al-Marar boshchiligidagi delegatsiyalar uchrashuvida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga tomonlarda qiziqish borligi ta’kidlandi.

Ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati mufassal ko‘rib chiqilishi hamkorlik ko‘lamini oshirish uchun mavjud foydalanilmayotgan sezilarli salohiyatga va yanada istiqbolli sohalarga diqqatni jalb qilish imkonini berdi.

2019-yilda bo‘ladigan turli darajadagi aloqalarning jadvali ko‘rib chiqildi.

Tez orada O‘zbekistonning BAAdagi Elchisi tayinlanishi mamlakatimiz delegatsiyasi tomonidan tasdiqlandi. Bu ikki tomonlama aloqalarni, jumladan ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalarni tizimli asosda jadallashtirish imkonini beradi. Shu nuqtayi nazardan tovar va xizmatlarni o‘zaro yetkazib berish nomenklaturasi hamda savdo aylanmasi bo‘yicha o‘zaro savdoni kengaytirish masalalari batafsil muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, O ‘zbekiston va BAA o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov mavjudligi turistlar almashinuvi uchun ham muhim asos hisoblanadi.

Mintaqaviy masalalar muhokamasi chog‘ida 2018-yil 27-martda qabul qilingan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyaning Toshkent deklaratsiyasi qoidalarini amalga oshirish doirasida hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishib olindi. Mazkur konferensiya ishida BAA Tashqi ishlar davlat vaziri Anvar Gargash boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etgan edi.

Maslahatlashuvlar doirasida umumiy kun tartibining boshqa masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net