O?zbekiston TIV rahbari YUNISEFning Yevropa va Markaziy Osiyo bo?yicha mintaqaviy direktori bilan uchrashdi

15.11.2022 11:25

“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov bugun bolalar sohasidagi yirik xalqaro tadbirlarda ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bolalar jamg‘armasining (YUNISEF) Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Afshon Xon bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston va YUNISEF o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi, aloqalarni yana-da mustahkamlash bo‘yicha uzoq muddatli rejalar belgilab olindi.

Afshon Xon O‘zbekiston bilan YUNISEF o‘rtasidagi hamkorlik so‘nggi yillardagi ijobiy surʼatlarda rivojlanayotgani, respublikada yirik qo‘shma tadbir va loyihalarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha aloqalar jadallashgani mamnuniyat bilan qayd etdi.

U O‘zbekistonning mintaqada bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jumladan, ularning sifatli taʼlim-tarbiya olishi uchun qulay shart-sharoit yaratish borasidagi islohotlarni amalga oshirishdagi muhim rolini taʼkidladi. 

YUNISEFning mintaqaviy direktori shu kunlarda Toshkentda o‘tkazilayotgan YUNESKOning Kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va taʼlim berish bo‘yicha ikkinchi Butunjahon konferensiyasini yuqori baholadi. Ushbu anjuman barcha uchun umumiy, adolatli va sifatli taʼlimni taʼminlash bo‘yicha ilg‘or tajribalar almashish uchun xizmat qilishi qayd etildi. 

Uchrashuv davomida Vladimir Norov Afshon Xonga mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida bolalarni ijtimoiy muhofaza qilish, ularning salomatligini taʼminlash va sifatli taʼlim-tarbiya olish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida maʼlumot berdi.

Bolalar va yoshlar manfaatlari yo‘lida aniq natijalarga erishish maqsadida, jumladan, 2022-2026 yillarda Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish doirasida YUNISEF bilan samarali hamkorlikni yana-da chuqurlashtirishdan manfaatdorlik bildirildi. 

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net