O?zbekiston TIV rahbari Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Bosh kotibi bilan uchrashdi

16.11.2022 11:29

“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov mamlakatimizga bir qator yirik xalqaro tadbirlarda ishtirok etish uchun tashrif buyurgan Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Bosh kotibi Helga Shmid bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston va YEXHT o‘rtasidagi hamkorlikning keng ko‘lamli masalalari muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, so‘nggi yillarda O‘zbekiston bilan Tashkilot o‘rtasidagi munosabatlar sezilarli darajada faollashib, sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi.

2021-2022 yillarda O‘zbekistonda YEXHT loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha 2021 yil aprel oyida qabul qilingan Amaliy chora-tadbirlar rejasini (Yo‘l xaritasi) amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Tashkilot faoliyatining barcha uch yo‘nalishi bo‘yicha turli yo‘nalishlarda yangi qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri YEXHT delegatsiyasini O‘zbekistonning mintaqaviy siyosati, xususan, Markaziy Osiyoni xavfsizlik, barqarorlik va izchil taraqqiyot mintaqasiga aylantirish, jahon iqtisodiy va transport aloqalariga integratsiyalashuvi haqida batafsil maʼlumot berdi.

H.Shmid O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mintaqada hamkorlik va yaxshi qo‘shnichilikni rivojlantirish bo‘yicha qulay shart-sharoit yaratish borasidagi saʼy-harakatlarini yuqori baholadi.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlikni faollashtirish, jumladan, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq xavfsizlik xavf-xatarlariga javob choralarini kuchaytirish, tabiiy resurslardan foydalanish, Orol dengizi ekologik halokatini bartaraf etishga alohida eʼtibor qaratildi.

Tomonlar Afg‘onistondagi bugungi vaziyat, afg‘on xalqiga insonparvarlik yordami ko‘rsatish borasida ham fikr almashdilar.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net