O?zbekiston TIV rahbari Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo davlatlar tashqi siyosat idoralari yetakchilarining navbatdan tashqari yig?ilishida ishtirok etdi

17.10.2022 18:35

Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiya bugun Istanbul shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) tashqi ishlar vazirlarining navbatdan tashqari yig‘ilishida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, tadbirda, shuningdek, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, Vengriya, Turkmaniston tashqi siyosat idoralari rahbarlari, shuningdek, TDT Bosh kotibi va oqsoqollar kengashi raisi ishtirok etdi.

Do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuvda mintaqaviy va xalqaro kun tartibi hamda Tashkilot doirasidagi o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi. 2022 yil 11 noyabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan TDT sammitida imzolash uchun taqdim etiladigan hujjatlarning loyihalari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari jahonda ro‘y berayotgan voqealarning jadalligi va xalqaro munosabatlardagi o‘zgarishlar TDTni zamonaviy voqelikka doimiy moslashtirish zarurligini taqozo etishini taʼkidladi.

Tashkilot doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, transport, sanoat va texnologik kooperatsiya, innovatsiyalar, AKT, ilm-fan, texnologiya va madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarni hayotga tatbiq etish muhimligi taʼkidlandi. 

Kuchayib borayotgan xavf-xatar va tahdidlarni yengish bo‘yicha saʼy-harakatlarni birlashtirish maqsadida strategik masalalar yuzasidan tizimli muloqotni yo‘lga qo‘yish zarurligiga eʼtibor qaratildi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri tomonidan TDTning Samarqand sammitiga tayyorgarlik jarayoni haqida maʼlumot berildi. Qayd etilganidek, bo‘lajak tadbir ushbu tuzilmaning 2021 yilda Turkiy kengashdan Turkiy davlatlar tashkilotiga o‘zgartirilgandan keyin bo‘lib o‘tadigan birinchi sammit hisoblanadi.

Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha TDTga aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining navbatdagi yig‘ilishini 2022 yil 10 noyabr kuni Samarqand shahrida o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net