O?zbekiston TIV rahbari Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot chog?ida ushbu mamlakatning Tehrondagi elchixonasiga qurolli hujum uyushtirilgani munosabati bilan chuqur hamdardlik izhor etdi

28.01.2023 09:55

/“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov kecha Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, Baxtiyor Saidov Ozarbayjonning Tehrondagi elchixonasiga qurolli hujum uyushtirilgani munosabati bilan Ozarbayjon tomoniga chuqur hamdardlik izhor etdi.

Ushbu hodisa sinchkovlik bilan o‘rganilgach, barcha aybdorlar javobgarlikka tortilishiga umid bildirildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net