O?zbekiston TIV rahbari: Mintaqadagi umumiy xavf-xatarlar va tahdidlarga qarshi kurash bo?yicha birgalikdagi harakatlar uchun mustahkam asos - bu Markaziy Osiyo mamlakatlari o?rtasidagi yaqin munosabatlardir

18.10.2022 18:42

“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov bugun  Dushanbe shahrida «Terrorizmga qarshi kurash va terrorchilar harakatlanishining oldini olish uchun chegara xavfsizligi va chegara nazorati sohasidagi xalqaro va mintaqaviy hamkorlik» mavzusida yuqori darajadagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, vazir tadbirdagi nutqida so‘nggi yillarda Markaziy Osiyoda terrorizmga qarshi kurashda umumiy tamoyillar va yondashuvlar bo‘yicha mintaqaviy konsensusni mustahkamlash, ushbu sohada ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikning samarali mexanizmlarini yaratish, tajriba va axborot almashinuvini kengaytirishda erishilgan yutuqlarni qayd etdi.

BMTning Global aksilterror strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Qo‘shma harakatlar rejasini qabul qilinishi orqali Markaziy Osiyo mazkur dasturni mintaqaviy darajda muvaffaqqiyatli amalga hayotga tadbiq etishning ilk namunasini ko‘rsatdi. Terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha milliy tizimlar shakllantirildi hamda mamlakatlarning BMT tavsiyalariga to‘liq mos keladigan harakatlar strategiyalari ishlab chiqildi.

«Mintaqadagi umumiy xavf-xatarlar va tahdidlarga qarshi kurash bo‘yicha birgalikdagi harakatlar uchun mustahkam asos - bu do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro hurmat va ishonch tamoyillariga asoslangan Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi yaqin munosabatlardir. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlari mamlakatlarimizning mintaqaviy xavfsizlik va barqaror rivojlanishni taʼminlashdagi ulkan salohiyatini ro‘yobga chiqarishga yordam bermoqda»,- dedi Vladimir Norov.

Joriy yil iyul oyida bo‘lib o‘tgan Maslahat yig‘ilishida XXI asrda Markaziy Osiyoni rivojlantirish yo‘lidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik to‘g‘risida tarixiy shartnoma qabul qilindi.

BMT Bosh Assambleyasi tomonidan O‘zbekiston va mintaqaning boshqa davlatlari tashabbusi bilan «Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni taʼminlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash», «Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash to‘g‘risida», «Markaziy Osiyo - tinchlik, ishonch va hamkorlik zonasi» rezolyutsiyalari qabul qilinishi mintaqa mamlakatlarining chuqurlashib borayotgan hamkorligini xalqaro darajda eʼtirof etilganidan dalolat beradi.

Vladimir Norov qayd etganidek, O‘zbekiston dunyo hamjamiyati tomonidan Markaziy Osiyo mamlakatlarining o‘zaro yaqinlashuv va hamkorlik jarayonlarini, mintaqaning global iqtisodiy va transport aloqalariga integratsiyalashuvini bundan  keyin ham qo‘llab-quvvatlanishiga umid bildirmoqda.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net