O?zbekiston TIV rahbari Indoneziya elchisini qabul qildi

01.02.2023 10:19

/“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov bugun Indoneziya elchisi Sunario Kartadinatani qabul qildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, tomonlar O‘zbekiston-Indoneziya munosabatlarining bugungi holatini muhokama qilib, hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdilar. BMT va boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Zamonaviy global chaqiriqlar talablariga javob beradigan o‘zaro hamkorlikning huquqiy bazasini kengaytirish muhimligi qayd etildi.

Tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida aloqalarni o‘rnatish va kengaytirishga ko‘maklashish, o‘zaro savdo uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish orqali iqtisodiy diplomatiyani rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Uchrashuvda, shuningdek, 2023-yil va undan keyingi yillarga mo‘ljallangan ikki tomonlama aloqalar va qo‘shma tadbirlar jadvali kelishib olindi.

Anvar  Ilyosov olgan surat (“Dunyo” AA).

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net