O?ZBEKISTON TASHQI ISHLAR VAZIRLIGIDA KITOB YARMARKASI O?TKAZILDI

08.05.2019 17:59

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarorining ijrosi doirasida Tashqi ishlar vazirligida mazkur idora xodimlari uchun kitob yarmarkasi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ko‘magida vazirlik Markaziy apparati kasaba uyushma qo‘mitasi va Yoshlar ittifoqining birlamchi tashkiloti tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirda G‘ofur G‘ulom nomidagi, “Sharq”, “O‘zbekiston”, “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”, “Yangi asr avlodi” va “Hilol nashr” kabi yetakchi nashriyot-matbaa ijodiy uylarining kitob mahsulotlari namoyish etildi.

- So‘nggi paytlarda yurtdoshlarimizning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda, - dedi Tashqi ishlar vazirligi kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Shaydogul Zokirova. - Bu, o‘z navbatida, ma’naviy va intellektual salohiyatning yuksalishi, xalqimizning, ayniqsa, yosh avlodning dunyoqarashini kengaytirishda katta ahamiyat kasb etadi.

Kitob yarmarkasi vazirlik xodimlariga mamlakatimiz kitob sanoatining eng so‘nggi yangiliklari bilan tanishish, shuningdek, turli adabiyot va boshqa poligrafiya mahsulotlarini arzon narxda xarid qilish uchun yaxshi imkoniyat yaratdi.

Ta’kidlash joizki, Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mamlakatimiz ta’lim muassasalari kutubxonalarini kitob va turli adabiyotlar bilan ta’minlashga munosib hissa qo‘shish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari, jumladan, Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi, Rossiya, AQSh va Fransiyadagi elchixonalarimiz tomonidan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga muntazam ravishda kitoblar jo‘natilmoqda.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net