O?zbekiston Tashqi ishlar vazirligi 27 yanvar kuni Ozarbayjonning Tehrondagi elchixonasiga uyushtirilgan qurolli hujumni keskin qoraladi

28.01.2023 09:56

/“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi 27 yanvar kuni Ozarbayjonning Tehrondagi elchixonasiga uyushtirilgan qurolli hujum munosabati bilan bayonot eʼlon qildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi 2023 yil 27 yanvar kuni Ozarbayjon Respublikasining Tehrondagi elchixonasiga uyushtirilgan qurolli hujumni keskin qoralaydi, - deyiladi O‘zbekiston TIV bayonotida. - Marhumning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz va jarohatlanganlarning tez fursatlarda sog‘ayib ketishini tilaymiz.

Umid qilamizki, ushbu hodisa sinchkovlik bilan o‘rganilgach, barcha aybdorlar javobgarlikka tortiladi”.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net